Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand viloyati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga fuqarolardan 1314 ta qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha murojaat qilindi

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 20 sentyabrdagi “Yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning avtotransport vositalariga o‘rnatilgan videoregistratorlar orqali qayd etilgan huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ishlab chiqilgandi.

Unga asosan 2019 yil 1 iyuldan boshlab, joriy yilning 16 oktyabr kuniga qadar Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi saytiga 1314 ta qoidabuzarliklar bilan bog‘liq murojaatlar kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar bo‘yicha 230 dan ziyod holat bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirildi, 620 dan ortiq holatlarga to‘lovlar qilinishi nazarda tutilmoqda. Harakatlanish qodabuzarliklari qayd etilgan foto va video materiallar, qoidabuzarlik holatlar bo‘yicha haydovchilarga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Boshqa harakatlar ishtirokchilarining xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan, loqayd bo‘lmagan fuqarolarga minnatdorchilik bildiramiz.

Samarqand viloyati IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.