Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda 27 nafar mahkum insonparvarlik prinsipi asosida muddatidan oldin shartli ravishda jazodan ozod qilindi

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Konstitutsiya va halqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga asoslangan bo‘lib, Jinoyat kodeksidan iboratdir.

Jinoyat kodeksida shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek, jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalash nazarda tutilgan.

Jinoyat kodeksi 73-moddasida jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish normasi o‘z aksini topgan.

Mazkur qonun talablariga ko‘ra, jazodan ozod qilish yoki yengilrog‘i bilan almashtirish, o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan hamda jazoning belgilangan qismini o‘tagan mahkumga nisbatan qo‘llaniladi.

Bugun, 7 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudida sudyalar A.Oltiboyev, Z.Ahmedova, F.Rahmonov va F.Samatovlar tomonidan Samarqand shahri bo‘yicha IIB FMB boshlig‘ining jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar orasidan o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 27 nafar mahkumning jazosi insonparvarlik prinsipi qo‘llanilib, muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.

Begzod JUMABOYeV,

jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi.