Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda aholiga 11,6 trillion so‘mlik servis xizmatlari ko‘rsatildi

Viloyatda xizmat ko‘rsatish va servis sohasida ko‘rsatilgan (ishlab chiqarilgan) xizmatlar hajmi 2017 yilda 8,3 trillion so‘mni, o‘sish so‘r’ati 106.4 foizni tashkil etgan. 2019 yil viloyatda xizmat ko‘rsatish va servis sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 11,6 trillion so‘mni tashkil etdi va o‘sish sur’ati 108,8 foizga yetishi taxminlanmoqda.

Iqtisodiy faoliyatning asosiy turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan, moliya xizmatlari 2017 yilda 650.9 milliard so‘mni, o‘sish sur’ati 126.2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilning 11 oyida moliya xizmatlari hajmi 1,4 trillion so‘mga yetib, 156.1 foizga o‘sgan. Shuningdek, transport va savdo xizmatlari ham sezilarli darajada o‘sgan.

Viloyatda chakana savdo aylanmasi hajmi 2017 yilda 8,9 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2019 yilda 12,7 trillion so‘mni va o‘sish so‘r’ati 106 foizni tashkil etishi taxminlanmoqda. Shuningdek, viloyatda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo aylanmasi hajmi 2017 yilda 2436,7 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2019 yilning 11 oyida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 3133,4 ming so‘mni tashkil etdi.

Samarqand viloyati iqtisodiyot va sanoat boshqarmasi.