Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda "G‘alla-2019" o‘rim-yig‘im mavsumi qizg‘in pallada

Bugun mamlakatimizning barcha hududida rizq-ro‘zimiz bo‘lgan g‘allani qisqa fursatlarda yig‘ishtirib olish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Jumladan, Samarqand viloyatining barcha tumanlarida g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

Mirishkorlarimizning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish uchun 100 otryad tashkil etilgan. Mazkur jarayonda viloyatdagi avtotransport korxonalari ishchi-xizmatchilari ham faol ishtirok etishmoqda, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati.

Nurobod tumanida jami 66 ta fermer tomonidan 2010 gektar maydonga g‘alla ekilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomaviy davlatga don sotish topshirig‘i 9328 tonnani tashkil etadi. Tumandagi jami otryadlar va kombaynlar soni 14 tani tashkil etib, har bir kombaynga 5 tadan yuk avtotrasport vositalari biriktirilgan. Jami tuman bo‘yicha 14 ta kombaynlar va “Oqsoy trans biznes” MChJ bilan shartnoma asosida ishlaydigan 75 ta yuk tashuvchi transport vositalari g‘alla o‘rim-yig‘im ishlarida qatnashmoqda.

Viloyatning Toyloq tumanida esa jami 444 ta fermerlar tomonidan 5275 gektar maydonga g‘alla ekilgan bo‘lib, fermer xo‘jaliklari tomonidan shartnomaviy davlatga don sotish topshirig‘i 15832 tonnani tashkil etadi. Tumandagi jami otryadlar va kombaynlar soni 15 tani tashkil etib, har bir kombaynga 6 tadan yuk avtotrasport vositalari biriktirilgan. “Xurshid trans X.A.T.K” MChJ bilan shartnoma asosida ishlaydigan 100 ta yuk tashuvchi transport vositalari g‘alla o‘rimi va tashish jarayonida faol ishtirok etmoqda.