Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

SamDU professori “Hamid Olimjon va Zulfiya” asarini yozdi

Samarqand davlat universitetida Hamid Olimjonning 110 yilligiga bag‘ishlangan tadbir uyushtirildi.

Tadbirda filologiya fanlari doktori, professor Hotam Umurov shoir Hamid Olimjonning hayoti va ijod yo‘li haqida talabalarga so‘zlab berdi. Shuningdek, H.Umurov talabalarga tez kunlarda "Hamid Olimjon va Zulfiya" nomli asarini chop etib, taqdim qilishini bildirdi.

Ayni kunlarda universitetning filologiya fakultetida shoir tavalludiga bag‘ishlangan mushora va badiiy kechalar bo‘lib o‘tmoqda.

Xurshida ERNAZAROVA.