Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Sankt-Peteburgda o‘zbekistonlik ayolga travmatik to‘pponchadan o‘q uzilgani tasdiqlandi

TIV xabariga ko‘ra, mamlakatning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yil 7 iyul kuni mazkur shaharda travmatik to‘pponcha orqali O‘zbekiston fuqarosi K.A.ning yuzi jarohatlangani to‘g‘risidagi OAVda tarqalgan ma’lumotni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, jarohatlangan fuqaro shifoxonaga joylashtirilgan hamda uning holati qoniqarli.

“Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Bosh konsulxonaga bergan xabariga ko‘ra mazkur qurolli hujumda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olingan. Unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarosi bilan bog‘liq mazkur vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.