Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Sardor ilg‘or paxtakor” Paxtachining eng yetakchi paxtakoriga aylandi

Paxtachi tumanidagi “Sardor ilg‘or paxtakor” fermer xo‘jaligi a’zolari davlatga paxta sotish shartnoma rejasini birinchilardan bo‘lib bajardi.
Tuman paxta shtabi ma’lumotiga ko‘ra, fermer xo‘jaligi 119 tonnalik shartnomani 101,6 foizga uddalagan. Shu munosabat bilan tuman hokimi M.Hamdamov va ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i B.Sanaqulov xo‘jalik dalalarida bo‘lib, fermer I.Zulmonovga televizor sovg‘a qildi. Xo‘jalik dalasida terimchilar uchun bayram dasturxoni yozilib, ilg‘or terimchilar rag‘batlantirildi.