Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Seulda koronavirusning uchinchi to‘lqini boshlandi

Koreya Respublikasi poytaxtida koronavirus infeksiyasining uchinchi to‘lqini boshlandi. Bu haqda Seulda o‘tkazilgan press-brifingda sog‘liqni saqlash va aholiga xizmat ko‘rsatish vazirligi vakili Yun Ta Xo ma’lum qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan bir kun ichida Seulda kasallikni yuqtirganlar soni 218 tani tashkil etdi. Bu avgust boshidan buyon eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Umuman olganda, ushbu davrda mamlakatda koronavirus kasalligining 363 ta yangi holati qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan beri ularning umumiy soni 30017 taga yetdi.