Janubiy Koreya prezidenti ikkinchi urinishda hibsga olindi

Janubiy Koreyadagi tergovchilar prezident Yun Sok Yolni ikkinchi urinishda hibsga oldi.

12 kun avval bo‘lgani kabi, prezident qarorgohidagi ko‘p soatlik qarama-qarshilikdan so‘ng, tergovchilar bu safar Yunni Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosiga olib kelishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yun avvalroq qisqa videomurojaat e’lon qilgan, unda hali ham hibsga olish noqonuniy ekanligiga ishonishini, ammo qon to‘kilishini oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini aytdi.

Dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etishga urinib ko‘rdi, shundan so‘ng parlament uni isyonga urinishda ayblab, davlat rahbariga impichment e’lon qildi.

Yun 14 dekabrdan beri (parlament unga impichment e’lon qilish uchun ovoz bergach) prezidentlik lavozimidan chetlashtirildi, biroq uni lavozimidan chetlashtirishdan oldin impichment Konstitutsiyaviy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak. Sud qaror qabul qilmaguncha, Yun Sok Yol rasman prezident bo‘lib qoladi.

Yun Sokning o‘zi dekabr oyining birinchi yarmida davlat to‘ntarishiga urinish ayblovlarini rad etib, harbiy holat joriy etilishi “siyosiy deb hisoblangan qaror” ekanligi va buni davlatni hukumat ishini falaj qilgan muxolifatdan himoya qilish uchun qilganini ta’kidladi.