Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti yana hibsga olindi
- 10.07.2025 16:03
- 46
- Xorij

Reuters agentligining xabar berishicha, Yun Sok Yol sud uni qayta hibsga olish uchun order chiqarganidan keyin yana bir kishilik kameraga o‘tdi.
Yun o‘tgan dekabr oyida mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga urinib ko‘rdi. Keyin parlament uni isyonga urinishda aybladi va impichment e’lon qildi.
Xabar qilinishicha, prokurorlar Yun harbiy holatni oqlaydigan javobni qo‘zg‘atish uchun Shimoliy Koreya osmonida harbiy dronlarni uchirishga buyruq bergani haqida dalillar topgan.
Yun birinchi marta yanvar oyida, Seuldagi qarorgohiga bostirib kirilganda hibsga olingan edi. Ikki oy o‘tgach, sud hibsni texnik sabablarga ko‘ra bekor qildi va qo‘yib yuborildi, ammo uning sud jarayoni davom etmoqda. Uni umrbod qamoq yoki o‘lim jazosi kutmoqda.
Iyun oyida Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi va muxolifatdagi Demokratik partiya nomzodi Li Chje Myon prezidentlikda g‘alaba qozondi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imom Buxoriy majmuasida elektr ta’minoti qanday bo‘ladi?
- 10 daqiqa avval
- Samarqand
Behbudiy haqiqati
- 3 soat avval
- Mutolaa