Janubiy Koreya: Endi prezidentdan ketishni talab qilishmoqda
Xabaringiz bor, kecha tunda Janubiy Koreya prezidenti kutilmaganda mamlakatda harbiy holat e’lon qilgach, mamlakat Parlamenti oldida tartibsizliklar boshlandi.
Hukmron partiya va muxolifat bu qarorni Konstitutsiyaga zid ekani uchun qoraladi. Yun Sok Yel harbiy holatning joriy etilishini KXDR “tarafdorlariga qarshi kurash” chorasi deb atadi. Bunga sabab sifatida u muxolifatning bir qator prokurorlarga impichment e’lon qilishga urinishlari va hukumatning byudjet taklifini rad etishini ko‘rsatdi.
O‘tgan oqshom Milliy Assambleyaga kiraverishda xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlar yuz berdi. Mudofaa vazirligi armiyaga favqulodda vaziyatlarni qaytarishga tayyor turish va zahiradagi askarlarni xizmatga chaqirishni buyurdi, deb xabar berdi Yonhap agentligi.
Janubiy Koreyadagi vaziyat avj ola boshladi parlament yaqinida harbiy holat joriy etilishiga qarshi namoyishchilar ko‘plab namoyishchilar yig‘ilgan.
Keyinchalik Janubiy Koreya prezidenti hukumat yig‘ilishida harbiy holatni bekor qilishini aytgan. Chunki Janubiy Koreya hukumati harbiy holatni bekor qilishga ovoz bergan. Shundan so‘ng, harbiy holat bekor qilinib, favqulodda vaziyatda tuzilgan qo‘mondonlik tarqatib yuborildi.
Janubiy Koreya muxolifati prezident, shuningdek, mudofaa, ichki ishlar va xavfsizlik vazirlari impichmentini talab qilib, davlat to‘ntarishiga urinishda ayblamoqda. Shuningdek, namoyishchilar ham prezidentdan ketishni talab qilgan.
Janubiy Koreya muxolifati yetakchisining fikricha, prezident harbiy holat o‘rnatishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchragach, vaziyatni harbiy mojaroga yetkazish maqsadida KXDRga provakatsiya uyushtirishi mumkin, deydi Yonhap.