Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

TIV buqa hujumidan o‘lgan o‘zbekistonlik haqida ma’lumot berdi

Mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi 2019 yilning 13 oktyabr kuni Leningrad viloyati Viborg tumanida cho‘pon bo‘lib ishlagan O‘zbekiston fuqarosi S.A.ning baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Ayni paytda tergovgacha bo‘lgan tadbirlar olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga oldi hamda hamyurtimiz jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanmoqda.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumning oila a’zolari va yaqinlariga ta’ziya bildiradi va eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Shimoli-g‘arbiy federal okrugi (Arxangelsk viloyati, Kaliningrad viloyati, Kareliya Respublikasi, Komi Respublikasi, Leningrad viloyati, Murmansk viloyati, Nenets avtonom okrugi, Novgorod viloyati, Pskov viloyati, Sankt-Peterburg shahri, Vologoda viloyati) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.