Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tojikiston nufuzli mehmonlarni kutmoqda: Dushanbega Turkiya prezidenti ham keladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an Tojikistonga ishchi tashrifini amalga oshiradi. U Dushanbe shahrida 14-15 iyunda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha sammitda qatnashadi.

Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda jami o‘ndan oshiq davlat rahbarlari, jumladan Rossiya, Xitoy, O‘zbekiston va yana bir nechta davlat rahbarlari va bir nechta davlatning bosh vazir va tashqi ishlar vazirlari qatnashishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha uchrashuvlari forumiga jami 27 mamlakat a’zo. Yana 8 davlat va 5 xalqaro tashkilot kuzatuvchi maqomiga ega. Bu yilgi uchrashuvlar 14-15 iyunda bo‘lib o‘tadi.