Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Tomskda yana bir o‘zbekistonlik yonib ketdi

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yil 23 yanvarga o‘tar kechasi Tomsk viloyati Pervomayskiy tumani Voznesenka qishlog‘ida vagoncha yonib ketish oqibatida O‘zbekiston fuqarosi Sh.R. vafot etdi. Bu haqda TIV xabar bermoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan hamda O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan birgalikda hamyurtimizning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

21 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Tomsk viloyati, Asino tumanida bir qavatli yog‘ochdan qurilgan 1/3-uyda yong‘in sodir bo‘lgan edi. Oqibatda ushbu xonadonda istiqomat qilgan 12 nafar O‘zbekiston fuqarolaridan 10 nafari voqea joyida halok bo‘lgan edi.