Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

IIV: Qamoqxonadan qochgan jinoyatchi qidirilmoqda

Toshkentda 51-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tagan mahkum qochib ketgan, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 51-son manzil koloniyasida jazo muddatini o‘tagan mahkum O.A. jazo o‘tash tartibi va shartlariga, jamiyatda qabul qilingan xulq atvor qoidalariga to‘liq rioya qilib kelganligi sababli muassasa rahbariyati va xodimlari tomonidan e’tirozlar bildirilmagan. Shuningdek, jazoni o‘tash davrida unga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilmagan.

“Barcha mahkumlar kabi mahkum O.A. ham foydali mehnatga jalb etilgan va 2019 yil 26 iyul kuni shartnoma ob’yektidan o‘zboshimchalik bilan noma’lum tomonga ketib qolgan”, - deyilgan xabarda.

Hozirgi kunda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va ushlash choralari ko‘rilgan.