Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya 2019 yilning ilk choragida o‘z eksport tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi

Joriy yilning dastlabki choragida Turkiyaning eksport hajmi 44 milliard 567 million dollarga yetdi. Bu mamlakat tarixidagi eng katta ko‘rsatkichdir. Bu haqda «Anadolu»ga asoslanib azon.uz xabar berdi.

Turkiya savdo vaziri Ruxsor Bekjon poytaxt Anqarada bergan bayonotida: «Mart oyida eksportimiz 16 milliard 334 millionga yetdi. Bu mart oyi uchun rekord darajadagi natijadir. Joriy yilning dastlabki choragida esa eksport hajmi 44 milliard 567 million dollarga yetdi. Bu mazkur vaqt davomida Turkiya tarixidagi eng yaxshi natijadir. Shuningdek mart oyida importimiz 17,81 foizga kamaydi va 18 milliardga va 299 million dollarga tushdi» deb aytgan.