Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiyaning “Laventhe” ansambli Samarqandda konsert berdi

Samarqand ixtisoslashgan san’at maktabi konsert zalida Turkiyaning “Laventhe” ansambli konsert dasturlarini namoyish etdi.

- O‘zbekistonga to‘rtinchi bor kelishim, - deydi ansambl prodyuseri Sodik Kiriche. - Yurtingiz nafaqat tarixiy maskanlari, balki san’ati bilan ham bizni maftun etdi.  Qo‘shiqlarimni asosan tanburda ijro etaman. O‘zbekistonda ham tanbur qadimiy milliy cholg‘u asboblaridan biri hisoblanadi. Sizlarda to‘liq notada chalinsa, bizda yarim notada chalinadi. Oldin Buxoroda konsert dasturlarimizni namoyish etdik. Surxondaryoda ham konsert berishni rejalashtirganmiz.

Turkiyalik iste’dodli san’tkor o‘z chiqishlari bilan nafaqat yurtdoshlarimiz, balki xorijlik sayyohlarning ham qalbidan joy egalladi.

N.JONTO‘RAYeVA.