Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

UFC jangchisi fojeali tarzda vafot etgan qiziga vidolashuv xatini yozdi

UFC jangchisi Uolt Xarris fojiali tarzda vafot etgan qizi Ane Blansharga vidolashuv xatini yozdi.

“Mening yagonam... Hayotimni yaxshilashga harakat qilganing uchun minnatdorchilik bildiraman. Sen meni erkak va eng yaxshi ota bo‘lishimga sababchi bo‘lding. Sen g‘alabalarim va mag‘lubiyatlarimda doim birga bo‘lding. Sen doim yiqilganimda o‘rnimdan turishimga majbur qilding. Meni kuchli bo‘lishimni istagan eding. Lekin men sensiz qiynalmoqdaman. Seni yo‘qotish juda-juda og‘ir. Yonimga qaytishing uchun borimni berishga rozi edim. Lekin... Sen men bilan faxrlanib yurgansan, deb o‘ylayman. Men sen uchun ham kuchli bo‘laman. Men seni jonimdan ortiq sevaman. Seni bir umr, o‘lgunimga qadar sevaman. Mening kichkinagina yo‘lbarscham, endi farishta. Men seni sevaman...”, deb yozgan Xarris.

Ma’lum bo‘lishicha, Uolt Xarrisning qizi oktyabr oyida bedarak yo‘qoladi. Huquq-tartibot idoralari qidiruvi natijasida 25 noyabr kuni qizning jasadi topiladi.