Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uzbekistan Airways ertaga tashkil etiladigan charter reyslar haqida ma’lumot berdi

Ertaga, 22 may kuni coat 14:00 da “Toshkent — London — Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha charter reysi amalga oshiriladi.

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro‘yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro‘yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro‘yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo‘yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.