Yaponiyaning Tokio va Osaka shaharlaridan Samarqandga charter dasturlar rejalashtirilyapti
Bu borada O‘zbekiston delegatsiyasining “All Nippon Airlines” (ANA) aviakompaniyasi rahbariyati bilan muzokara olib borilgan.
Turizm va madaniy meros vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Samarqanddagi zamonaviy aeroport terminali hamda “Silk Road Samarkand” turistik markaziga alohida e’tibor qaratilgan.
Qayd etilishicha, ANAning Yaponiyadan turistik shaharlar - Samarqand, Buxoro va Urganchga aviareyslarini yo‘lga qo‘yish aviakompaniya vitse-prezidenti Junichiro Miyagava tomonidan taklif etilgan.
Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov boshchiligida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida bir qator kelishuvlarga erilshilgan.
Shu bilan birga O‘zbekistonning transport logistikasi, xususan, Samarqanddagi yangi aeroport infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari bilan manzilli muzokaralar o‘tkazish uchun ANA avaiakompaniyasi rahbariyati tashrifi rejalashtirilgan.