Rossiyadagi qurilish ob’yektlarida ishlash uchun 203 nafar yurtdoshimiz charter reys orqali jo‘nab ketdi
- 30.11.2020 13:45
- 129
- O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, xorijiy mamlakatlardagi vaqtincha ishsiz qolgan yurtdoshlarimizni va karantin cheklovlari sababli chet elga ishga ketolmagan fuqarolarni xorijga ishga jalb qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va mas’ul tashkilotlar bilan kelishgan holda ko‘plab fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.
Fuqarolarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan ta’minlanishi belgilangan.
Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish ob’yektlarida ish boshlaydi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa