Krasnodardan Toshkentga charter aviaqatnovi amalga oshiriladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" AJ 2020 yil 1, 8 va 15 dekabr kunlari “Krasnodar – Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha charter reyslari amalga oshirilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi shaharlaridan O‘zbekistonga uchishga ruxsat olish uchun majburiy tartibda PZR testidan (parvozdan oldingi 72 soat ichida) o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma taqdim etish va O‘zbekiston Respublikasi viza rejimiga rioya qilish talab etiladi. PZR testi ma’lumotnomasiga ega bo‘lmagan yo‘lovchilarga aviakompaniya reyslarida uchishga ruxsat etilmaydi.

Shuningdek, aviachiptalarni aviakompaniya veb-saytidan, shuningdek, "Uzbekistan airways" AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yo‘lovchilarning o‘z mintaqalaridagi savdo agentlaridan sotib olish mumkinligi ma’lum qilingan.