Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Uzunsoy mahallasi raisi Ra’no Saidmurodovaga she’rxonlikda hech kim teng kelolmadi

Samarqand shahrida Vatanimiz mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Mahalla raislari o‘rtasida she’rxonlik” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda Samarqand viloyatining tuman va shaharlaridan kelgan 16 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirok etdi. Ular o‘zbek mumtoz adabiyoti bilimdoni hamda ifodali o‘qish shartlari bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Urgut tumanidagi Uzunsoy mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ra’no Saidmurodova birinchi o‘rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. Keyingi ikki o‘rin esa Samarqand tumanining Gulobod hamda Narpay tumanidagi Yangiobod mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari O.Xidirov va A.Ro‘zimurodovga nasib etdi.