Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Vazir mashinalar harakatini cheklashdan maqsad nimaligini aytdi

Kecha, 30 mart kuni Respublika maxsus komissiyasining maxsus ruxsatnoma berish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

Qaror bilan nimalar belgilandi? Bunga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov javob berdi.

Avtotransport qatnovini cheklash bu bugungi sharoitda respublikada koronavirus tarqalib ketishining oldini olishga qaratilgan juda keskin chora. Bunday chorani bugungi kundagi sharoit taqozo etmoqda. Albatta, noqulaylik tug‘diradi, lekin bu eng maqbul va samarali yo‘ldir. Shuning uchun barchamiz yangi talablarga moslashishimiz zarur, ishlab chiqaruvchilar ham, tadbirkorlar ham.

Shaxsiy hayot va huquqlar va jamiyat, millat manfaatlari taroziga solinadigan bo‘lsa ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ushbu sharoitda jamiyat manfaatlari va kelajagi har doim birinchi o‘rinda turadi.

Maqsad avtotransportlarni cheklash emas, maqsad aholining uyda qolishini ta’minlash. Agar har xil yo‘llar bilan, o‘ylab topilgan sabablar bilan yana ko‘chaga intilsa, hurmatli haydovchilar, unda bu karantin samarasi juda past bo‘ladi.