Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Xitoyliklar 9 ming iyeroglifni kompyuter klaviaturasiga qanday joylashtirgan?

Xitoy tili dunyoning eng murakkab tili hisoblanadi. Undagi iyerogliflar soni 50 mingga yetadi. Albatta, xitoyliklar kundalik hayotda ularning hammasidan foydalanmaydi.

Misol uchun, xitoycha eski bosma harflarning standart to‘plami 9 ming belgidan iborat. Bu belgilarni kompyuter klaviaturasiga joylashtirish juda qiyin.

Dastlabki Xitoy bosma uskunalarida har bir iyeroglif uchun alohida tugmalar mavjud edi. Buning uchun ular bosish tugmalarini juda kichik shaklda joylashtirishgan. Shu bois matn teruvchi dastlab lupa yordamida kerakli iyeroglifni topgan va qo‘li bilan bosgan. Bu jarayonning mashaqqati sabab eng tajribali matn teruvchi ham bir daqiqada 11 donadan ortiq belgini tera olmagan.

Mazkur matn terish usulini yaponiyalik Kiota Sugimoto o‘ylab topgan.

1946 yilda filolog Lin Yuytan xitoyliklarga yangi usulni taklif etdi. Unda barcha iyerogliflar guruhlarga bo‘lindi. Har bir iyeroglif guruhiga bitta klavish joriy qilindi. Buning natijasida bosma uskunalarning hajmi kichrayib, 64 ta tugmaga ega bo‘ldi. Matn terish tezligi daqiqasiga 50 donagacha ko‘tarildi.

Машинка Линь Юйтан

Qizig‘i, uskuna klaviaturasi markazida “ko‘z” deb nomlangan darcha joylashtirildi. Ya’ni, ma’lum bir tugma bosilganda “ko‘z”da iyerogliflar guruhi aks ettiriladi. Kerakli iyeroglifni tanlash uchun esa qo‘shimcha tugma bosilishi talab etiladi.

Ammo Xitoyda mazkur uskunani ishlab chiqarish ommalashmadi. Birinchidan, uning narxi juda qimmat - 120 ming AQSh dollari atrofida edi. Ikkinchidan, “Remington” kompaniyasi uchun uyushtirilgan ko‘rgazma vaqtida uskuna o‘z ixtirochilariga pand berib, ishlamay qoldi.

Shunga qaramasdan, bu model bugungi zamonaviy klaviaturalarning asosini tashkil etadi.

Xitoy tilida asosan qo‘llaniladigan 25 ta iyeroglif mavjud. Ular uchun klaviaturada alohida tugmalar bor. Qolgan belgilarni terishda  foydalanuvchi bitta klavishni bir necha bor bosishi yoki bir nechta klavishlarni muayyan terishi talab etiladi. Shunga o‘xshash usul “SMS” xabarlarni terishda ham qo‘llaniladi. Eski tugmali telefonlarda bir klavishga bir necha iyerogliflar joylashtirilgan.

Современная клавиатура

Yuqoridagi usulni o‘zlashtirish qiyin jarayon bo‘lib, ayniqsa,  bir nechta bo‘laklardan tashkil topgan iyerogliflar tuzilganda yaqqol bilinadi. Ya’ni, bir klavish birikmasiga bir nechta variantdagi iyerogliflar to‘g‘ri kelishi mumkin. Albatta, bu matn teruvchi duch keladigan yagona muammo emas.

Ma’lumki, ilk bosma uskunalar juda katta edi. So‘ng turli yangi usullar - fonetik usul, terish jarayonida iyeroglifning transkripsiyasi, kerakli iyerogliflarni o‘zi tanlash kabi usullar qo‘llanila boshlandi. Biroq muammo bartaraf etilmadi. Masalan, Xitoyda bitta fonemaga bir nechta iyeroglif to‘g‘ri kelishi mumkin.

Tinimsiz izlanishlarga qaramasdan, xitoylik matn teruvchi hamon anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi. Chunki Xitoy tilida bir-biriga o‘xshash so‘zlar va iyerogliflar juda ko‘p.