Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Nurobodning ta’mirtalab yo‘llari ta’mirlanmoqda

Nurobod tumani hududidagi Nurobod-Nurbuloq-Ishtixon respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar qirq yildan ortiq vaqt davomida joriy yoki mukammal ta’mirlanmay, yaroqsiz ahvolga kelib qolgan edi. Bu esa ushbu hududda yashovchi, qolaversa, Nurobodga tashrif buyuruvchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Joriy yilda ushbu yo‘llarni ta’mirlashga e’tibor qaratilib, umumiy loyiha qiymati 28 milliard so‘m bo‘lgan loyiha ishlab chiqildi. Jami 31 kilometrdan iborat bo‘lgan mazkur yo‘lning 18 kilometriga bugungi kungacha asfalt yotqizish ishlari nihoyasiga yetkazildi. Yo‘lning qolgan 13 kilometriga esa irrigatsiya tizimlarini yo‘lga qo‘yish, lotok o‘rnatish hamda asfalt yotqizishga yo‘llarni tayyorlash kabi ishlar davom etmoqda.

Yil yakuniga qadar barcha ishlar nihoyasiga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati