«O‘zbekiston temir yo‘llari» «Afrosiyob» elektrpoyezdlarining ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirishni rejalashtirmoqda
- 29.07.2024 12:07
- 74
- O‘zbekiston

Kompaniya xabariga ko‘ra, mazkur o‘zgarishlar xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
«Afrosiyob» elektropoyezdlari qatnovining taklif etilayotgan harakat jadvali:
Amaldagi jadval:
Toshkent – Qarshi
Ertalab jo‘nash vaqti 7:24
Toshkent – Samarqand
Ertalab jo‘nash vaqti 7:47
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 8:23
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 8:50.
Tavsiya etilgan jadval:
Toshkent – Qarshi
Ertalab jo‘nash vaqti 6:24
Toshkent – Samarqand
Ertalab jo‘nash vaqti 6:47
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 7:23
Toshkent – Buxoro
Ertalab jo‘nash vaqti 7:50.
Teglar:
"Afrosiyob" poyezdi