Poraxo‘rlikka qarshi material tayyorlagan ijodkorlarga imkoniyat

* Korrupsiyaga murosasizmisiz?

* Poraxo‘rlikni fosh etuvchi maqolalar yozganmisiz?

* Ko‘rsatuv yoki eshittirish tayyorlaganmisiz?

* O‘z postlaringizda data-jurnalistika vositalari yordamida poraxo‘rlarning kirdikorlarini fosh etganmisiz?

Unda O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda o‘z materiallaringiz bilan ishtirok eting!

11 nafar eng faol jurnalistlar 11 ta hududdan taklif etiladi!

- Eng yaxshi jurnalistik surishtiruv;

- Eng yaxshi intervyu;

- Data–jurnalistika vositalari qo‘llangan eng yaxshi material;

- Vizuallashgan ma’lumotlardan unumli foydalangan jurnalist kabi  yo‘nalishlarda g‘oliblar aniqlanadi.

Tanlovga 2019 yilning 1 avgustidan 25 dekabriga qadar e’lon qilingan materiallar qabul qilinadi.

O‘z materiallaringizni anticorrupshion@mail.ru elektron pochtasiga topshirishingiz mumkin.