Tojikistonlik fuqaroning yuk mashinasidan dizel yoqilg‘isi tortish moslamasini o‘g‘irlaganlar ushlandi
- 08.04.2020 11:55
- 279
- Jinoyat va jazo

Joriy yil 4 apreldan 5 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumani, Mustaqillik MFYda joylashgan to‘yxona oldida Tojikiston Respublikasi fuqarosi, 24 yoshli A.S. tomonidan qarovsiz qoldirilgan “Scania” rusumli yuk avtomashinasining yoqilg‘i saqlash baki qulfini buzib, 300 litr dizel yoqilg‘i tortish moslamasi (nasosini) o‘g‘irlab ketgan.
Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 23 yoshli Sh.T., 20 yoshli A.Q. va 22 yoshli J.E.lar sodir etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Sh.T., A.Q. va J.E.lar gumonlanuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- 3 soat avval
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim