Madaniyat vazirligi: Samarqandda shaharning tarixiy qismi tiklanadi
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, shaharning tarixiy qismini tiklashda har bir uy, har bir ko‘cha e’tiborga olinadi.
Bu hududda ikki qavatdan yuqori bino qurish taqiqlanadi. Uy ta’mirlanayotgan bo‘lsada, restavratsiya talablariga amal qilinishi lozim, deya ta’kidladi K.Akilova.
O‘zbekiston o‘z shaharlarini YuNESKOning Butun jahon me’rosi ro‘yxatiga kiritgan ekan va tegishli konvensiyani ratifikatsiya qilgan ekan, undagi qoidalarga rioya qilishi kerak, deya xulosa qildi vazir o‘rinbosari.