AQSh Eronga qarshi yangi sanksiya joriy etdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning metall ishlab chiqarish sektoriga nisbatan sanksiya joriy etish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozmoqda azon.uz.

«Men Eronning neft bilan bog‘liq bo‘lmagan yirik daromad manbai – temir, po‘lat, alyuminiy va mis sektoriga sanksiya joriy etish haqidagi qarorga qo‘l qo‘ydim», – dedi Tramp.

Sanksiya Eronda metall ishlab chiqaruvlar va metall bilan savdo qiluvchilarga taalluqli. AQSh moliya vazirligi ularning Amerika yurisdiksiyasidagi aktivlarini muzlatib qo‘yishi mumkin.

Trampning fikricha, Eron metall ishlab chiqarishdan olinadigan daromadlardan «ommaviy qirg‘in qurollari tarqalishini va terror guruhlari faoliyatini moliyalashtirish, mintaqada tajovuzkor harakat qilish va harbiy ekspansiya» maqsadida foydalanishi mumkin.