Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Barkamol avlod bolalar markazi” a’zolari Respublika tanlovi laureati

Toshkent shahridagi  Yoshlar ijodiyot saroyida  O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar” ko‘rgazmali festivalining Respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tasviriy san’at, liboslar dizayni, munchoqli bezak, badiiy to‘qish, do‘ppido‘zlik, kulolchilik va mayda plastika, yumshoq o‘yinchoqlar va qo‘g‘irchoqlar, yog‘och o‘ymakorligi kabi yo‘nalishlarda viloyatimizdagi iste’dodli o‘quvchilar o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdi.

Festival natijalariga ko‘ra, Samarqand shahar “Barkamol avlod markazi” a’zolari ― 64-internat tarbiyachisi Aleksandr Temurmulyan badiiy to‘qish hamda 50-maktab o‘quvchisi E’zoza Najmiddinova yumshoq o‘yinchoqlar yo‘nalishida laureat deb topildi.

E’tiborlisi, Aleksandr Temurmulyan tomonidan tiklangan orol uchun to‘qilgan kema barchaning e’tirofiga sazovor bo‘ldi.