Bojxonada paypoq ichida “Tramadol” o‘tkazmoqchi bo‘lgan fuqaro aniqlandi
- 13.12.2021 13:50
- 67
- Samarqand
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi “Jartepa” chegara bojxona posti orqali harakatlangan qo‘shni davlat fuqarosi F.J.ga tegishli qo‘l yuklar rentgen apparati yordamida ko‘zdan kechirilganda yuqoridagi holat aniqlangan.

Bu haqda zarnews`ga viloyat bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Uskuna orqali yuklar ko‘zdan kechiirilganda fuqaro tomonidan paypoq ichiga yashirib olib o‘tilmoqchi bo‘lgan 60 dona “Tramadol – 50 mg” nomli tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Teglar:
psixotrop modda
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
XDPning “Eng namunali deputat”i aniqlandi
- Bugun, 11:28
- Siyosat
Ilm-ma’rifat bor joyda taraqqiyot bo‘ladi
- Bugun, 11:17
- Samarqand