Ishtixon tumani mutasaddilari tanqidlardan xulosa chiqarmoqda
- 21.10.2019 15:20
- 139
- Jamiyat

Tuman markazidagi chiqindilar masalasi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda bir necha marta tanqid ostiga olingandi.
Muammoni bartaraf etish bo‘yicha tuman hokimligi tomonidan zarur choralar ko‘rilmoqda. Ishtixon shaharchasidagi markaziy ko‘chalar hamda ijtimoiy soha ob’yektlari atrofiga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda.
- Maktab, bog‘cha va yangi qurilgan ko‘p qavatli uylar yoniga 20 dona chiqindi qutilari o‘rnatildi, - deydi tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi rahbari Olimjon Toshmatov. - Shuningdek, qiymati 26 million so‘mlik 4 dona zamonaviy konteyner Ishtixon shahri va Mitan qo‘rg‘onidagi bozorlar yoniga joylashtirildi. Bundan tashqari, tuman markazidagi ko‘p chiqindi to‘planadigan ko‘chalarga ham 10 dona maxsus idishlar qo‘yildi.
Ishtixon tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Bugun, 12:17
- Jinoyat va jazo
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- Bugun, 09:07
- Mutolaa
Samarqandda 69 ta qizil toifali maktablar bor
- Kecha, 17:38
- Ta’lim