Kattaqo‘rg‘on suv omborida 4 nafar yigit cho‘kib ketgan
- 02.08.2023 16:18
- 467
- Hodisa

Bosh prokuratura matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 30 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani «Po‘lat» mahallasida yashovchi tanishi M.M.ning tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida borgan. Shu kuni soat taxminan 17:30 atrofida mahalladan o‘tuvchi Kattaqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milish maqsadida borib, u yerdagi qayiqda suv ombori qirg‘og‘idan taxminan 40 metr uzoqlikka suzib borishgan.
Shu paytda qayiq ustida fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilishgani sababli muvozanatni yo‘qotib, qayiq ag‘darilib ketgan. Oqibatda ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoshli yigitlar cho‘kib ketgan, 3 nafari qirg‘oqqa suzib chiqa olgan.
Olib borilgan qutqaruv ishlari davomida 1 nafar shaxsning murdasi topilgan, hozirda qolganlarini qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- Kecha, 18:02
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- Kecha, 17:55
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- Kecha, 17:30
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Kecha, 11:50
- Jamiyat