Kechalari oydinlashayotgan ko‘chalar ko‘paymoqda
- 16.08.2020 14:57
- 143
- Samarqand
Joriy yilda Past Darg‘om tumanining 5 mahallasi hududidan o‘tuvchi 8,6 kilometr ichki yo‘llarga 406 ta zamonaviy tungi yoritkich chiroqlari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Birinchi bosqichda Bo‘ston mahallasi hududidagi Amir Temur ko‘chasiga 48 ta chiroq o‘rnatildi. Ayni paytda Hovuzak mahallasi hududidagi Beruniy hamda Turon mahallasidagi Mehnatkash ko‘chalarini yoritish uchun 166 ta chiroq o‘rnatilishi uchun tuman obodonlashtirish boshqarmasi qoshidagi sexda temir ustunlar tayyorlanmoqda.
Keyingi bosqichda Samarqand mahallasiga 60 ta, Po‘latchi mahallasiga 132 ta zamonaviy tungi yoritkich chiroqlari o‘rnatiladi.
2019 yilda tuman bo‘yicha 30 kilometrdan ziyodroq yo‘llar tungi yoritkich chiroqlari bilan yoritilgandi.
Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Nuh payg‘ambarimizning mushugi
- Kecha, 21:47
- Mutolaa
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- Kecha, 16:06
- Maslahat
Tuhmat bilan qamalgan sud raisi oqlandi
- Kecha, 14:17
- Jinoyat va jazo