Kollejga kiritib qo‘yish evaziga 400 AQSh dollari olayotgan ishtixonlik shaxs ushlandi
- 06.11.2020 10:28
- 678
- Jinoyat va jazo

Joriy yilning 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ishtixon tumani Azamat MFYda yashovchi, 1966 yilda tug‘ilgan H. Samarqand tumani O‘zbek kenti mahallasida yashovchi S. ismli fuqaroning jiyanini “Avtomobil yo‘llari kolleji”ga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 400 AQSh dollari miqdordagi pullarini olayotgan vaqtida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 1 soat avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 2 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 2 soat avval
- Mutolaa