MIB “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” Davlat unitar korxonasidan soliq qarzdorligini undirib berdi

Kattaqo‘rg‘on tumanlararo iqtisodiy sudining qarzdor “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” Davlat unitar korxonasidan undiruvchi Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 207 million 500 ming so‘m soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi ijro ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdor “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” Davlat unitar korxonasining bank hisob-raqamlarining chiqim qismiga band solingan.
Qarzdor “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” Davlat unitar korxonasiga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor “Kattaqo‘rg‘on tuman yo‘llardan foydalanish” Davlat unitar korxonasidan undiruvchi Kattaqo‘rg‘on tuman Davlat soliq inspeksiyasi foydasiga 207 million 500 ming so‘m soliq qarzdorligi undirib berildi, deb xabar bermoqda Majburiy ijro byurosi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi.