Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Paxtakor» stadionidagi so‘nggi o‘yinga Alisher Usmonov kelishi kutilmoqda

Bugun, 4 dekabr kuni 63 yillik tarixga ega Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida so‘nggi rasmiy uchrashuv o‘tkaziladi. Bu haqda "tribuna.uz" nashri xabar berdi.

O‘zbekiston liga kubogi finali doirasida AGMK - «Paxtakor» jamoalari nufuzi bo‘yicha uchinchi turnir sanalmish liga kubogi uchun kurash olib borishadi. Bir otaliq homiyga ega ushbu klublar o‘rtasidagi final bahsini tomosha qilish uchun martabali mehmon – rossiyalik milliarder, Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Alisher Usmonov tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ushbu tashrif davomida «Paxtakor» stadioni o‘rniga quriladigan yangi stadion loyihasi tasdiqlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 3 dekabr kuni Alisher Usmonov Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining har yil o‘tkaziluvchi kongressida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax tomonidan Olimpiya qadriyatlarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashi va ommalashtirishi uchun mukofotlagandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, asli o‘zbekistonlik milliarder 3 dekabr kuni Yevropadan Toshkentga kelgan.