Prokuror yordami bilan korxona faoliyati tiklandi
Paxtachi tumanida joylashgan, yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarishga mo‘ljallangan “PAXTACHI RODNIK YOG‘” MChJ 2025 yil yakuniga borib moliyaviy qiyinchiliklar va boshqa muammolar sababli o‘z faoliyatini to‘xtatgan.
2026 yil sentyabr oyida viloyat prokuraturasi tomonidan korxonadagi mavjud muammolar o‘rganildi va faoliyatini tiklash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rildi.
Xususan, korxonaning ichimlik va oqova suv, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish, elektr tarmog‘ini yaxshilash uchun yangi transformator o‘rnatish, korxona hududini obodonlashtirish va dezinfiksiya qilish, korxonaga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash, mahsulot ishlab chiqarishga kerak bo‘ladigan zarur xomashyolarni ichki bozordan topishga ko‘maklashish borasidagi muammolari to‘liq bartaraf etildi.
Natijada, korxona faoliyati tiklanib, dastlabki bosqichda 100 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi, yil yakuniga qadar 1 million AQSh dollarlik eksport amalga oshirilishi rejalashtirilgan.