“Sho‘rtan” futbol klubining 3 ta avtomobili xatlandi

“Sho‘rtan” professional futbol klubi Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 7 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan 110 million 663 ming 983 so‘m hamda 27 sentyabr ijro varaqasiga asosan 358 million 344 ming 988 so‘m, jami salkam 470 million so‘m soliqdan qarzdor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ogohlantirishlarga qaramasdan, klub qarzdorlikni bartaraf etmagach, Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tomonidan majburiy tartibda undirish belgilandi.
Joriy yilning 17 dekabr kuni klub rahbari boshqaruvidagi “Malibu” va “Lacyetti” hamda klubga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli yengil avtomashinalar hamda avtobus xatlab olindi.
“Agar klub Byuro tomonidan belgilangan muddatda qarzdorlikni bartaraf etmasa, bu avtomashinalar sotuvga qo‘yilib, tushgan mablag‘lar orqali qarzdorlikni qoplash choralari ko‘riladi”, deyiladi xabarda.