Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Shu yilning o‘tgan davri mobaynida 491 mingdan ziyod xorijlik sayyoh Samarqandda mehmon bo‘lgan

Bu haqda viloyat Turizmni rivojlantirish departamentining mavsum yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z yuritildi.

Ta’kidlandiki, joriy yilning o‘tgan 10 oyi davomida viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 million 668 ming 300 nafarni tashkil etdi. Shulardan 491 ming 300 nafari xorijliklar, qolganlari mahalliy sayyohlardir.

2019 yil boshida 4513 nafar sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega 118 ta mehmonxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugunga kelib ular soni 142 taga yetdi. Bu mehmonxonalarda bir vaqtning o‘zida 5 ming 949 nafar sayyoh joylashish imkoniga ega.

Yil davomida 19 ta yangi turistik marshrutlar tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shu paytga qadar 18 tasining faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, tadbir davomida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, 2019-2020 yillarda Samarqand viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar xususida ham ma’lumot berildi.

To‘lqin SIDDIQOV.