Tadbirkor 22 nafar bolaning xatna to‘yini o‘tkazdi
- 07.10.2019 18:33
- 35
- Jamiyat
Samarqand shahridagi So‘zangaron mahallasida yashovchi tadbirkor Sulton Bobokalonova tashabbusi bilan 22 nafar kam ta’minlangan oila farzandlarining xatna to‘yi bo‘ldi.
To‘yda Oqdaryo, Bulung‘ur, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi bolajonlarning ota-onalari, yaqinlari, faxriylar qatnashdi. To‘ybolalarga kiyim-kechaklar sovg‘a qilindi.