Toyloqlik fuqaro tabiatga ziyon keltirgani uchun jarimaga tortildi
- 03.05.2021 11:48
- 178
- Samarqand

30 aprel kuni Toyloq tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tuman hududida reyd o‘tkazildi.
Reyd kuzatuvlari jarayonida “Tepaqishloq” mahallasida yashovchi fuqaro A.Z. har xil turdagi qattiq va maishiy chiqindilar va o‘simlik qoldiqlarini mahallaning belgilanmagan yeriga to‘plab, yoqib alanga oldirilganlik holati aniqlandi.
Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan fuqaro A.Z.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismiga binoan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 735 ming so‘m jarima belgilandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Registrator ofisida 60 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilmoqda
- 31 daqiqa avval
- Samarqand
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar tayyormi?
- 39 daqiqa avval
- Ta’lim
SamISI da yoshlarga e’tibor qanday?
- 45 daqiqa avval
- Jamiyat
Suv minorasi ta’mirlanmoqda
- 1 soat avval
- Samarqand
Ma’naviyatsiz jamiyat – sust jamiyatdir
- Bugun, 11:50
- Jamiyat