Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Turkiya Rossiya va G‘arbni muzokaralar stoliga "o‘tqizish" rejalarini e’lon qildi

Turkiya Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha Rossiya va G‘arb o‘rtasida muzokaralar tashkil etmoqchi, deb yozadi «Milliyet».

"Hozirda Turkiya Rossiya bilan AQSh va uchta yirik G‘arb davlati - Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniyani bir stolga o‘tqazishni rejalashtirmoqda. Bu reja hali barcha G‘arb poytaxtlari e’tiboriga havola qilinmagan, biroq u muhim va xususiy kanallar orqali AQShga uzatilgan. Vashingtonda reja haqida birinchi izohlari juda ijobiy. Faqat gap shundaki, bunday muloqotda rossiyalik suhbatdosh bo‘larmikan”, deb yozadi gazeta.

Unda qayd etilishicha, “Anqara ham Ukraina irodasini hurmat qiladi va har doim ochiq kanallar orqali urush taktik yadro qurollarisiz tinchlikka qaytishi kerakligini tushuntirib keladi”.

Maqolada Turkiya ham Rossiya, ham Ukraina bilan muloqot o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan davlat ekanligi qayd etiladi. Endi u «natija uchun» o‘ynagan davlatga aylanishi mumkin.

“Yaqin kelajakda G‘arb va Rossiya Federatsiyasi Turkiya sharofati bilan muzokara stoliga o‘tirishsa, hayron bo‘lmaslik kerak”, deya xulosa qildi maqola muallifi Ozay Shendir.

Avvalroq Vladimir Zelenskiyning Moskva bilan muloqotdan bosh tortganiga Kremlning munosabati haqida ma’lum qilingan edi.

"Xo‘sh, endi nima deyishimiz mumkin? Biz hozirgi prezident pozitsiyalari o‘zgarishini yoki Ukraina xalqi manfaatlari uchun o‘z pozitsiyasini o‘zgartiradigan bo‘lajak Ukraina prezidentini kutamiz», dedi Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Peskov.