Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n beshinchi sessiyasi o‘z ishini boshladi.

Dastlab arxeologiya instituti direktori M.Saidov Samarqand shahrining 3 ming yillik tarixi doirasida qayta baholanishi masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi masalani deputatlar hukmiga havola qildi.
Ta’kidlanishicha, olib borilayotgan qazishmalar hamda Ko‘ktepa yodgorligida olib borilgan tadqiqot natijalari ilmiy tahlili Samarqandning shakllanishi bilan bog‘liq yangicha g‘oyalarni ilgari surish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Samarqand arxeologiya instituti hamda xalqaro hamkor tashkilotlar tomonidan Afrosiyob va Ko‘ktepa yodgorliklarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Samarqand shahrining ilk urbanizatsiyasi miloddan avvalgi II ming yillik oxiri – I ming yillik boshlariga taalluqli ekani ko‘rsatilmoqda.