Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Ma’rifat ulashib”: Taniqli adiblar SamDTUga keldi

Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida viloyatimiz adabiy muhitiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan adiblarimiz bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirga “Guliston” jurnali bosh muharriri Mamatqul Hazratqulov, "Jamiyat" gazetasi bosh muharriri Maqsud Jonixonov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi Zuhrabegim Eshonqulovalar mehmon sifatida kelib, universitet hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirning asosiy qismida talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmonlar o‘zlarining hayot yo‘llaridan misol keltirib, yoshlarimizni ilm-ma’rifatli va vatanimizga muhabbatli insonlar bo‘lishga chorladi, ijodlaridan namunalar taqdim qildi.

Tadbir davomida talabalar ham o‘z she’riy va badiiy chiqishlari bilan davraga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Talabalar adabiyot, san’at va madaniyat haqidagi savollarga javob oldi.

Shuningdek, ijodkorlar bilan birgalikda SamDTU rektori Jasur Rizayev boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida universitet binosi atrofiga manzarali ko‘chatlar ekildi.

Adiblar SamDTUga biriktirilgan maktablarda ham bo‘lib, o‘quvchilar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdi. Faol ishtirok etgano‘quvchilarga kitoblar taqdim qilindi.