Samarqandda ilk bor: Yangi yuqori texnologiyali operatsiya amalga oshirildi
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat filialida ilk bor laporaskopik usulda o‘ng tomonlama adrenalektomiya jarrohlik amaliyoti bajarildi.
— Itsenko-Kushing sindromi kam uchraydigan, og‘ir endokrin kasallik bo‘lib, bemorlarda yurak-qon tomir, tayanch-harakat tizimlarida jiddiy asoratlarga sabab bo‘ladi, — deydi filial bosh shifokori Gulzoda Negmatova. — Tashxislash va davolashda murakkabliklar sabab bemorlar ko‘pincha mutaxassisga murojaat qilguncha asoratlar rivojlanib, hayot sifati pasayishi kuzatilardi.
Samarqandda yo‘lga qo‘yilgan ushbu yuqori texnologik amaliyot endokrin kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning tuzalishini ta’minlash hamda nogironlik va erta o‘limning oldini olish uchun qo‘yilgan muhim qadam bo‘ldi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.