TATU Samarqand filialida sun’iy metamaterial yaratildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Moskva texnologiyalar universiteti (MIREA-MTU) bilan hamkorlik shartnomasi asosida bir qancha izlanishlarni amalga oshirib kelmoqda.

O‘tgan 2019 yilda Moskva texnologiyalar universiteti professori, fizika-matematika fanlari doktori Aleksey Yurasov bilan TATU Samarqand filiali dotsenti Amritdin Salohitdinov hamda assistent Hotam Mirzoqulovlar talabalar uchun elektromagnetizm fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma chop etdi. O‘quv qo‘llanma Rossiya Federatsiyasining Oliy ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, A.Salohitdinov va H.Mirzoqulov muallifligida yangi sun’iy metamaterial yaratildi va amaliy tajribadan o‘tkazildi. Bu metamaterial O‘zbekiston Respublikasi aloqa va telekommunikatsiya sohalarida keng qo‘llanilishi rejaga kiritildi.

Abdug‘afur HOTAMOV.