SamATI talabalariga mutaxassislik diplomlari topshirildi

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida “Yoshlar festivali” doirasida 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jami 300 nafarga yaqin bitiruvchi talaba oliy ma’lumot to‘g‘risidagi mutaxassislik diplomiga ega bo‘ldi.

Tadbirni ochib bergan institut rektori, professor Shavkat Hasanov barcha yoshlarni Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy tabrikladi. Bitiruvchilarni to‘rt yillik ta’limni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan qutlab, ularning kelgusidagi kasbiy va ilmiy faoliyatiga zafarlar tiladi.

Marosim davomida bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ularning quvonchiga sherik bo‘lish uchun institutga kelgan ota-onalar ustozlarga tashakkur aytishdi.

Tadbir so‘nggida so‘zga chiqqan bitiruvchi talabalar institutda olgan bilim, ustozlarning e’tibori va yaratib berilgan imkoniyatlar uchun minnatdorchilik bildirishdi.

Ushbu tadbir bitiruvchilarning yodida unutilmas voqea sifatida muhrlanib, ularning hayotida yangi bosqich boshlanishiga zamin yaratdi.